Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qonunchilikda bolaning taʼlim olish huquqi va bu huquqni amalda roʻyobga chiqarish borasida davlatning, shu jumladan ota-onalarning majburiyatlari belgilangan.



Qonunchilikda bolaning taʼlim olish huquqi va bu huquqni amalda roʻyobga chiqarish borasida davlatning, shu jumladan ota-onalarning majburiyatlari belgilangan.

“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra davlat bolaning bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim olishini kafolatlaydi.

Bolaning bepul taʼlim olishini davlat kafolatlab, taʼminlab bermoqda. Ota-onalar esa bolaning oʻz vaqtida taʼlim olishi uchun sharoit yaratib berishi lozim.

Konstitutsiyaning 44-moddasiga koʻra, bolalar mehnatining bolaning sogʻligʻiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga toʻsqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlangan.

.Dars qoldirgan bolalarning muammosini oʻrganish va uni bartaraf qilish uchun – maktab, hokimlik, maktabgacha va maktab taʼlimi organlari hamda Milliy gvardiya masʼul.

Yuqoridagi organlar bolalarni darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borishi va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrishi kerak.

Darsga kelmayotgan bola bilan individual ish olib boriladi, ota-onasi maktabga chaqirtiriladi, zarurat boʻlganida bolaning uyiga boriladi, xullas, bolaning dars qantashishini taʼminlash chorasi koʻriladi.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi – BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima;

Yuqoridagi huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa – BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima;

bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish — BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima;

taʼlim olishga toʻsqinlik qilish maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yilda takror sodir etilsa – BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov