Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

KELINNING SEPINI DALOLATNOMA TUZMASDAN UYIGA JOʻNATIB YUBORSAM BOʻLADIMI⁉️


KELINNING SEPINI DALOLATNOMA TUZMASDAN UYIGA JOʻNATIB YUBORSAM BOʻLADIMI

Er-xotin ajralish toʻgʻrisida ariza bergan. Lekin kelin narsalarini olib ketishni xohlamasa, bu masalada keyinchalik oʻzingizga kattagina muammo kelib chiqishini xohlamasangiz, kelinning seplarini dalolatnoma tuzib bitta xonaga joylab muhrlab qoʻyish lozim.

Bunda dalolatnomani quyidagi shaxslar bilan tuzgan maʼqul:

1.  Oʻzingiz yashaydigan MFY vakili;

2.  Kelin yashaydigan MFYdan vakil;

3.  Hududiy uchastka inspektori;

4.  Mahalla faollaridan (qoʻni-qoʻshni) 1 yoki 2 guvoh.

Dalolatnoma tuzish jarayonida kelin olib kelgan har bir narsa alohida xonaga olish jarayonida roʻyxatga olinadi va dalolatnomaga ilova qilinadi.

Oila kodeksi 44-moddasiga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.

Shuningdek, Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi uchinchi xatboshisiga asosan toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha qarzlar va boshqa xarajatlar inobatga olinmaydi.

Yuqoridagi qoidalarning mazmuniga koʻra, sud nikohdan ajrashish haqida ishni koʻrishda kelinning seplari masalasini hal qilmaydi. Kelin olib kelgan narsalarni qaytarish masalasi fuqarolik qonunchiligi tartibida hal etiladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov