Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qurilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?


Qurilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Uy sotib olayotgan fuqaro uyni Qurilish vazirligining elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini tekshirishi kerak. Buning uchun fuqaro https://mc.uz/oz/activity/ulush-platform havolasi orqali qurilayotgan uyning roʻyxatdan oʻtganligini tekshirishi lozim. Bu havola orqali hamma uchun ochiq boʻlgan majmua va quruvchi tashkilot nomi manzili hamda boshqa maʼlumotlarni olishi mumkin.

Qurilish tashkilotlari qay tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi?

Qurilish tashkiloti qurilayotgan uyning maʼlumotlarini elektron tartibda platformaga yuklaydi va vakolatli organning masʼul xodimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda 3 ish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar barcha hujjatlari toʻliq boʻlsa, bir kunda koʻrib chiqilib roʻyxatdan oʻtkazish imkoni mavjud.

Bunda quruvchining Qarorda belgilangan tartibda qurilishni boshlashiga asos boʻluvchi va beshta talabga javob berishi kerak boʻlgan hujjatlari joylashtiriladi. Ushbu qarorga asosan tashkil etilgan elektron platforma koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bozorini tartibga solish, uy xarid qilayotgan fuqarolarni maksimal darajada risklardan himoyalash maqsadida ishga tushirilgan. Roʻyxatdan oʻtgan qurilish tashkilotlari yuqorida koʻrsatilgan talablarga asosan qurilish jarayonini olib borayotgan boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtmasdan turib qurilish ishlariga fuqarolarning mablagʻlarini jalb qilish mumkin emas! Elektron platformadan roʻyxatdan oʻtmagan qurilish tashkilotlari, oʻzlari qurayotgan koʻp qavatli turar-joy majmuasini reklama qilishi hamda ulushdorning mablagʻlarini qurilishga jalb qilishi mumkin emas!

Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2 yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib borishi lozim.

Qarorga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarga: Yaʼni

- qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;

- shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha quruvchidan yozma shaklda maʼlumot talab qilishga;

- qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqlidirlar.

Qurilish ustidan davlat nazorati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirib boriladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov