Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Telegrammda haqorat qilganlik uchun salkam 20 mln jarima bor


Telegrammda haqorat qilganlik uchun salkam 20 mln jarima bor

 

Oʻzbekiston Respublikasi  qonunchiligiga koʻra har qanday holatda ham shaxsni haqorat qilish, unga tuhmat qilish taqiqlangan. Bu huquq hech kimga berilmagan.

Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, ushbu kodeks 40-moddasida Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mustahkamlab qoʻyilgan.

Agar yuqoridagi qilmishlar maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qoʻllanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)

Bunday vaziyatlarda tuman prokuraturasiga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilish mumkin.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov