Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Endi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar ekan-ku? Shu to‘g‘rimi?


Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Endi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar ekan-ku? Shu to‘g‘rimi?

Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Avvalo, jarima jazosi oylik ish haqidan emas balki o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qaroriga 6-ilova orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Soddaroq tushuntirsak, o‘rtacha oylik ish haqi oylik ish haqi (oklad) dan ko‘proq chiqishi mumkin.

Jarima bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bir marta ushlab qolinadi, har oyda emas. 1 yillik muddat masalasiga kelsak, Mehnat kodeksining 183-moddasiga ko‘ra intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

Ya’ni, qo‘llanilgan jarima faqat bir marta ushlab qolinadi, lekin olingan jarima jazosining ta’siri 1 yil amal qiladi. Mana shu 1 yil davomida rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.

Diqqat! Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni 1 yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli. E’tibor bering, intizomiy jazoni olib tashlash uchun minimal muddat belgilanmagan. Ya’ni bugun jazo qo‘llab, bugun olib tashlansa ham bo`laveradi.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuirskonsulti                             Avlaqulov Sobir