Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati qanday?


Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 85-moddasida soliq majburiyati belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi.

Shuningdek ushbu kodeksning 86-moddasida Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati belgilan bo‘lib, unga muvofiq: Soliq to‘lovchi o‘zining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda bajaradi. Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchi uning soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etilmaydi. O‘zga shaxs o‘zi tomonidan soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.

Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi. Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuborilishi uchun asos bo‘ladi.

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev