Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida”


“Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida”

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirildi.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda ham xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish belgilangan. Jumladan, Konstitutiyaning 58-moddasiga muvofiq: Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi belgilangan.

Bundan tashqari, 2019-yil 2-sentabrda mamlakatimizda gender siyosatini    amalga oshirilishini ta’minlash va xotin-qizlar huquqlarini kafolatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq: Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini kafolatlashi belgilandi.

Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar belgandi:

- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;

- xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;

- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish.

Bundan tashqari, 2022-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasida ularga oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirildi. Farmon bilan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha —50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha —10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilishi belgilandi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda turli darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1500   nafardan   ortiq, shu   jumladan   vazirlik   va   idoralarda, mahalliy   ijroiya   hokimiyati organlarida xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Davlat boshqaruvida xotin-qizlar   ishtirokini   oshirish   maqsadida 6 mingdan ziyod   faol   xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi kunda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha tizimli o‘quvlar tashkil etilmoqda Ichki   ishlar   vazirligi   tizimida   16   nafar   ayol rahbarlik,   6   nafar   ayol   hokimlik   lavozimini   egalladi.   Turli   darajadagi   davlat   mukofoti sovrindorlari bo‘lgan xotin-qizlar soni 2 ming 224 nafarga yetdi. Bugungi kunga qadar 577 nafar ayol “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta   milliy   parlamentda   xotin-qizlar   soni   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   tomonidan belgilangan   tavsiyalarga   mos   darajaga   yetdi.   Mamlakatimiz   parlamenti   xotin-qizlar   soni bo‘yicha dunyodagi 190 tamilliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatimizda tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha kafolatlar berildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan islohotlar xotin-qizlar   uchun jamiyatimizda   erkaklar   bilan   bir   qatorda   teng   imkoniyatlar   yaratib,   ularning   jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuirskonsulti                             Avlaqulov Sobir