Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i
Dadajonov Abdumutalib Karimovich
Телефон:
(71)501-02-50
Dadajonov Abdumutalib Karimovich – 1980 yil 04 may kuni Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy , huquqshunos. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat yoʻnalishi, 2008 yilda magistratura bosqichlarin tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-2004 yillarda Asaka tumani prokurori yordamchisining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurori yordamchisi, 2004-2005 yilda Shaxrixon tuman prokuroraturasi katta tergovchisi, 2005-2009 yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasi devonxonasining 1-toifali ish yurituvchisi- Kadrlar boʻlimi katta maslahatchisi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻlimi bosh maslahatchisi, 2009-2010 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2010-2013 yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari,2013-2017 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2017 yilda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasining boshligʻi, 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasining boshligʻi, 2019-2022 yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 29.04.2022 yildagi 353-sht-sonli buyrugʻi bilan Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan
- boshqarma faoliyatini tashkillashtirish va unga umumiy rahbarlik qilish;
- boshqarma hayʼati faoliyatini boshqarish;
- boshqarma ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
- Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Kadrlar boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Moliya-iqtisod boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- moliyaviy, shuningdek moddiy-texnika taʼminoti, xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish vazifalari belgilansin.
- Boshqarma boshligʻi boʻlmaganda, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi;
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Mirzaaxmetov Rashid Kurbanbayevich
Телефон:
(71)501-02-50
Mirzaaxmetov Rashid Kurbanbayevich
- Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Inson huquqlarini himoya qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Bekniyazov Ikrom Narbekovich
Телефон:
(71)501 02 50
Bekniyazov Ikrom Narbekovich
- Notariat, advokatura va mediatsiya shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Nodavlat notijorat tashkilotlar shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Huquqiy axborot shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Notarial arxiv faoliyatiga rahbarlik qilish.