Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
21.10.2024

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil 9 oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha M A ’ L U M O T

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
2024-yil 9 oyida amalga  oshirilgan ishlar bo‘yicha

M A ’ L U M O T

Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qo‘llash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yo‘nalishlarida 2024-yilning 9 oyi davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, hisobot davrida jami kelib tushgan 11 400 ta murojaatning 10 531 tasi yoki 92,3 % hal qilinishi, shu jumladan 7 044 tasi (66,8%) qanoatlantirilishi va 3 487 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi.

521 ta monitoring va 467 ta o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan jami
64 429 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 886 ta taqdimnoma, sudlarga jami 68,1 mlrd. so‘mlik 618 ta da’vo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 489 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirildi.

Kiritilgan taqdimnoma, da’vo ariza va ma’muriy materiallarga asosan 116,9 mlrd. so‘mlik mablag‘larning undirilishi, 50,8 mlrd. so‘mlik 573 ta da’vo arizalarining qanoatlantirilishi, 6 361 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 230 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan 37 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 485 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.



Рўйҳатга қайтиш