Toshkent viloyati adliya organlarining 2024-yildagi faoliyati boʻyicha
Toshkent viloyati adliya organlarining 2024-yildagi faoliyati boʻyicha
Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida 2024-yil davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, hisobot davrida jami kelib tushgan 20 336 ta murojaatning 19 815 tasi yoki 97,4 % hal qilinishi, shu jumladan 14 489 tasi (73,1%) qanoatlantirilishi va 5 326 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi.
973 ta monitoring va 573 ta oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan jami
73 368 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli tashkilotlarga 1 140 ta taqdimnoma, sudlarga jami 78,6 mlrd. soʻmlik 756 ta daʼvo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 680 ta
maʼmuriy materiallar rasmiylashtirildi.
Kiritilgan taqdimnoma, daʼvo ariza va maʼmuriy materiallarga asosan 136,5 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning undirilishi, 70,5 mlrd.
soʻmlik 755 ta daʼvo arizalarining qanoatlantirilishi, 8 096 ta
noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 274 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan
36 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 675 nafar shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.