Toshkent viloyat adliya boshqarmasining 2025 yil 1-chorakdagi faoliyati bo‘yicha
Toshkent viloyat adliya boshqarmasining
2025 yil 1-chorakdagi faoliyati bo‘yicha
Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qo‘llash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yo‘nalishlarida 2025 yil 1-choragi davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, hisobot davrida jami kelib tushgan 3 601 ta murojaatning 3 439 tasi yoki 95,5 % hal qilinishi, shu jumladan 2 538 tasi (73,8%) qanoatlantirilishi va 901 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi.
1-chorak davomida 284 ta monitoring va 89 ta o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan jami 8 600 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 351 ta taqdimnoma, sudlarga jami 10,2 mlrd. so‘mlik 79 ta da’vo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 122 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirildi.
Kiritilgan taqdimnoma, da’vo ariza va ma’muriy materiallarga asosan 2,4 mlrd. so‘mlik mablag‘larning undirilishi, 6,5 mlrd. so‘mlik 64 ta da’vo arizalarining qanoatlantirilishi, 930 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 105 nafar
aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan
3 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 120 nafar
shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.