Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
12.03.2026

Toshkent viloyat adliya boshqarmasining 2025-yildagi faoliyati bo‘yicha

Toshkent viloyat adliya boshqarmasining
2025-yildagi faoliyati bo‘yicha

 

Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qo‘llash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yo‘nalishlarida 2025-yil davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, kelib tushgan 11 754 ta murojaatning 11 499 tasi yoki 97,8 % hal qilinishi, shu jumladan 7 906 tasi (68,7%) qanoatlantirilishi va
3 593 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi.

Masalan, Adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.Z.ning homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi va Parkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro Sh.Z.ga 11,1 mln so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lanishi ta’minlandi.

1 221 ta monitoring va 311 ta o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan jami
36 721 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 1 549 ta taqdimnoma, sudlarga jami 55,3 mlrd. so‘mlik 369 ta da’vo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 560 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirildi.

Kiritilgan taqdimnoma, da’vo ariza va ma’muriy materiallarga asosan 19,2 mlrd. so‘mlik mablag‘larning undirilishi, 38,1 mlrd. so‘mlik 344 ta da’vo arizalarining qanoatlantirilishi, 1 000 dan ortiq noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi, muvofiqlashtirilishi va haqiqiy emas deb topilishi, 258 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan 11 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 552 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.


Рўйҳатга қайтиш