Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

6-avgust – Butunjahon yadro qurollarining tarqalishiga qarshi kurashish kuni


6-avgust – Butunjahon yadro qurollarining tarqalishiga qarshi kurashish kuni


Yadro qurollarining yaratilishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajada o'zgartirib yubordi. Bu qurolni egasi bo'lgan mamlakatlar jahon sahnasida o'ziga хos o'rin egallaydilar.

Bilamizki, 1945-yil 6-avgustda tarixda birinchi marta Atom bombasi insonlar ustida sinab ko'rildi, Yaponiyaning Nagosaki va Xirosima shaharlariga yadroviy bomba orqali hujum uyushtirildi.

Yadrosiz hududlar xususida so‘z borganda, hozir ular soni 6 taga yetganligini ta’kidlash joiz. Bular - Antarktikada (1959 yildagi shartnoma), Lotin Amerikasida (1967 yildagi Tlatelolko shartnomasi), Tinch Okeanining Janubiy qismida (1985 yildagi Rorotonga (Rorotonga) shartnomasi), Janubiy-Sharqiy Osiyoda 1995 yildagi Bangkok shartnomasi), Afrikada (1996-yildagi Pelindaba shartnomasi) va nihoyat, Markaziy Osiyoda (2006 yil Semipalatinsk shartnomasi).

Yevropa ittifoqi tomonidan 1967-yilda Yadro Qurollarini Tarqatmaslik Shartnomasini (inglizchada NPT) taklif qilinib, bu shartnomaga dastlab yadro qurollariga ega mamlakatlar va 40 ta boshqa mamlakatlar imzo chekishadi. Shartnoma 1970-yildan boshlab kuchga kiradi.

Lekin "Sovuq Urush"ning tugashi va bipolyar (birqutblik) dunyodan multipolyar (ko'pqutblik) dunyoga o'tish, ayrim yangi, qudratli mamlakatlarda o'zining xavfsizligini ta'minlash va jahon siyosiy sahnasida muhim o'rin egallashi uchun bu qurolga egalik qilish xohishini tug'dirdi. Bu qurolning dunyo bo'ylab asta-sekinlik bilan tarqalishi esa dunyo geopolitik tizimini ishdan chiqarishi va yer sayyorasi hayotini xavf ostiga qo'yuvchi yadroviy urushlarni keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa qurol ma'lum davlatlar armiyalari tomonidan emas balki jangari-terroristik guruhlar tomonidan amalda qo'llanilsa. Lekin shu vaqtgacha umumiy soni 100 mingdan oshiq yadro bombasi dunyo yuzini ko'rgan bo'lsa, shundan atigi ikkitasigina haqiqiy harbiy to'qnashuvda qo'llanilgan, bu esa qurolni dunyo tarixidagi eng kam ishlatilgan qurol sifatida rekord o'rnatishiga sabab bo'ldi (0.002%). Demak yadro quroli bu foydalanmaslik uchun ishlab chiqariladigan quroldir.

Yadro qurolidan holi hudud bu xavfsizlik kafolatidir

O‘zbekiston 1992 yilning may oyida Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchi bo‘lib yadro qurollarini tarqatmaslik shartnomasini imzolagan. Hozirgi zamon voqeligi shundayki, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdoridir.

1997-2002 yillarda BMTning qurolsizlanish masalalari va xalqaro atom energiyasi tashkiloti –MAGATEning ekspertlari ishtirokida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasi bo‘yicha Jeneva, Ashxobod, Toshkent, Sapporo va Samarqand shaharlarida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi Shimoliy Yarim shardagi birinchi yadro qurolidan xoli hudud ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus BMT xavfsizlik kengashida 2004 yili qabul qilingan 1540 rezolyutsiyasi yadro qurolini sotib olish va tarqatish, yadro, kimyoviy qurollar hamda ularning terrorchilar qo‘liga borib yetmasligining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston 2011 yilning mart oyidan buyon Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini tadbiq etish masalasi bo‘yicha koordinatorlik vazifasini bajarib kelayotganligini unutmaslik darkor.

Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini ratifikatsiya qilish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yilning 26 yanvarida qonun qabul qilindi. 2007 yilning 30 martida Senat tomonidan mazkur qonun ma’qullangan. 2007 yilning 2 aprelida “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risida”gi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo‘yicha da’vati mintaqa davlatlarining yadrosiz rivojlanish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining nazoratsiz tarqalishi tahdidlariga qarshi faol kurash yo‘lidagi hayotiy manfaatlariga to‘liq javob beradi. 2014-yilning 6 may kuni BMTning Nyu-York qarogohida besh yadroviy davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, XXR va Rossiya davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish haqidagi shartnomaga ko‘ra xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Mazkur olamshumul hujjat, bu – Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadroviy qurollarning global tarzda tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha yadro quroliga ega davlatlar bilan ilk marotaba bir vaqtning o‘zida bu protokolning imzolanishi jahon tajribasida hali kuzatilmagan. Yadro qurolidan xoli zonaning tashkil etilishi mintaqa tinchligi va xavfsizligi ta’minlanishining muhim omili bo‘ldi.


I.Islomov

Chirchiq shahar adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi