Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi


BOQUVCHISINI YOʻQOTGANLIK PENSIYASI MIQDORI

 

Pensiyaning boshlangʻich miqdori quyidagicha belgilanadi:

 - boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan kam emas;

 

 - har ikkala ota-onasini yoʻqotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas.

 

 - Vafot etgan pensionerning oila aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensioner (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.

  Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila aʼzosining xohishiga koʻra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega boʻlingan ish staji boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi boʻyicha aniqlanadi.

  Bunda koʻrsatib oʻtilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.

 

Toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlash

  - Chin yetim bolalarga toʻliq davlat taʼminotida turgan davrida bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizida miqdorida pensiya toʻlanadi.

Ota-onasining biridan ajralgan va toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizida miqdorida pensiya toʻlanadi.

  - Shu davrdagi toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyiladi.

 

PENSIYA TAYINLASH HAQIDA MUROJAAT QILISH

 

  - Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.

   - Xodimga va uning oila aʼzolariga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining oxirgi ish joyi boʻyicha tashkilotning maʼmuriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga berilishi mumkin.

   - Pensiya tayinlanadigan shaxs balogʻatga yetmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joyi orqali beriladi.

 

PENSIYA TAYINLASHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR

 Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  1.pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;

  2.boquvchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki uning bedarak yoʻqolganligi toʻgʻrisida sudning qarori;

  3.vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;

  4.vafot etgan boquvchining jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005-yil 1-yanvardan keyin);

  5.vafot etgan boquvchining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

 

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

    1. taʼlim muassasasining vafot etgan boquvchining oila aʼzolari 16 — 18 yoshdagi oʻquvchilar hisoblanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;

    2.baxtsiz hodisa va sogʻliqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi toʻgʻrisidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir boʻlgan boʻlsa — boshqa rasmiy hujjat.

 

ASOS: 938-XII-son (https://lex.uz/docs/112314#127113), VMQ-252-son