Янгиликлар
Soʻragan_edingiz
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR MANSABDOR SHAXS HISOBLANADIMI?
Adliyaga savol:
Assalomu alaykum! Yakka tartibdagi tadbirkor mansabdor shaxs hisoblanadimi?
JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro.
"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (http://old.lex.uz/docs/2006789)ning 6-moddasiga asosan, Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirish nazarda tutilgan.
Mansabdor shaxs (https://lex.uz/docs/111453) deganda esa — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs tushuniladi.
Yuqoridagilarga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti mansabdor shaxs sifatida nazarda tutilmagan.
Javob berdi: Toshkent viloyati adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi xodimi N. Ismailov