Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Soʻragan_edingiz


BOLA PULI OLISHIMIZ MUMKINMI?

 

 Adliyaga savol:

Assalomu alaykum! Kirgizstonlik kelinman 2 ta farzandlarimga bolalar puli olishga xaqlimanmi   ?

JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro.

 

 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (http://old.lex.uz/docs/5688101#5692497) 2-bandiga asosan, ariza beruvchi — oilaning 18 yoshga toʻlgan ijtimoiy nafaqa olish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs nazarda tutilgan.

Shuningdek, ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq, Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha oʻn sakkiz yoshga toʻlgan oyning oxirigacha toʻlanadi.

Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta boʻlgan oilalarga va yakka-yolgʻiz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Agar bir oilada tugʻilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak boʻlsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha boʻlgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi hisoblanadi.

 Yuqoridagilarga asosan bola pulini olish masalasida arizani zarur hujjatlar bilan birga bevosita doimiy yoki vaqtincha yashash manzilingizdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qilishingiz mumkin.

Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar “Yagona reestr” ATda shakllantiriladi va elektron ravishda koʻrib chiqiladi.

  Javob berdi: Toshkent viloyati adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi xodimi N. Ismailov