Янгиликлар
Soʻragan_edingiz
Adliyaga savol:
Assalomu alaykum, Ota-onam qaromogʻlarida yashardim, 2 kalovlariyam utib qolishdi. 3-nafar farzandlarim bor kattalarim 4-sinf, kechkinam
1-sinfda oʻqishadi. Ular judayam yosh oʻgʻillarim shoʻh qoʻrqaman. 2-marta operatsiya bulganman. Belim, oyogʻim yoshlikdan ogʻriydi, nervdan ushab qoladi. Hozir 2-yilgacha qiynalaman bolalarim yosh, Pensaga chiqsam buladimi davliniya bosh qorongulikda boʻlganimcha asorati qolib ketgan. Kesta 2007-yil boʻlganman. 2015-yil Infiltrat boʻlganman, shularni orasida yuragim ogʻrib kardiyalogiyadayam yotganman. Turmush oʻrtogʻim vafot etganlar. 4-yildan beri ota-onamnikidaman maslahat bering.
JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (http://old.lex.uz/docs/5688101)ga muvofiq moddiy yordam tayinlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻining nomiga ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etilishi belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (http://old.lex.uz/docs/1765049)ga asosan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi olish huquqiga ega ekanliklari nazarda tutilgan.
Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogoronlik guruhi belgilangan boʻlsa, ushbu Nizomga muvofiq, nogironlik nafaqasi nogironlik sodir boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tayinlanishi va toʻlanishi koʻrsatib oʻtilgan.
Nafaqalar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganida Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi tomonidan tayinlanadi.