Янгиликлар
Bilasizmi
Ayrim xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 100 foiz toʻlanadi
Quyidagilarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi (http://lex.uz/docs/357102#367479):
- ishlayotgan 1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;
- baynalminal jangchilar va ularga tenglashtirilganlarga;
- qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari borlarga;
- Chernobil AESdagi avariyani tugatishda qatnashganlarga;
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan, oʻtkir leykoz, adenoma, rak va xavfli oʻsmali kasallikka chalinganlarga;
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlganlarga.
Boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
ish staji 8 yil va undan koʻp xodimlarga va 21 yoshga yetmagan chin yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
ish staji 8 yilgacha xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.