Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Hokimliklarning gʻalla yetishtiruvchilar faoliyatiga aralashuvi taqiqlanadi

 

Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–10-son, 15.11.2021-y.) qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, 2022-yildan ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.

  2022 – 2024-yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining gʻalla ekilgan har gektar maydon hisobidan oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida erkin sotadi.

  Har yili 1-avgustgacha bugʻdoyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.

  Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:

 

 imtiyozli kreditlardan foydalanish yoʻnalishlariga aralashish;

 bugʻdoyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari oʻrtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;

 gʻallachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki tartibda koʻrsatma berish.

 

2021 – 2022-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.