Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin

 

Hukumat qarori bilan (684-son, 16.11.2021-y.) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

 Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan)

 

Ijaraga oluvchida alkololli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki oʻzgacha mastlik aniq koʻrinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

 

 Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligini “Maʼmuriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.