Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni (PF-14-son, 16.11.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Farmon bilan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tasdiqlandi.

 Komissiya paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish uchun arizalarni koʻrib chiqadi.

 Klasterlar komissiyasi xulosasiga asosan Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va talabgor bilan oʻttiz yilga bitim tuziladi.

 Bitim quyidagi holatlarda faqatgina sud tartibida bekor qilinadi:

 

● tomonlarning biri qarshi boʻlganida;

● bitimdagi majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmaganida;

● qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi klasterlar tomonidan shartnoma shartlari 3 yil bajarilmaganligiga oid murojaatlari boʻlganda.

 

 Klaster tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxtaning kamida 50 foizini oʻzida qayta ishlash quvvati boʻlgan talabgorga ustunlik beriladi.

 Klasterlarning yillik paxta hajmi 30 ming tonnadan koʻp boʻlganda audit oʻtkazishga xalqaro auditorlar jalb qilinadi.