Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Raqamli ekotizimga ulangan tijorat platformalari uchun foyda soligʻi 50%ga qisqartiriladi

 

Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ-14-son, 17.11.2021-y.) qabul qilindi.

2022-yil 1-iyuldan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” toʻliq ishga tushiriladi.

 Elektron kooperatsiya portali markazi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.

 Markaz Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajaradi.

 Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va xizmatlar sotish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.

 2024-yil 1-yanvargacha Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.