Янгиликлар
Bilasizmi

FUQAROLAR YIGʻININING RAISI (OQSOQOLI) ISHONCHNOMANI TASDIQLASHI MUMKIN
✅Fuqarolar yigʻini raisi ( oqsoqoli) xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ISHONCHNOMALARNI belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
✅Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar, ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
✅Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan ishonchnomalar tasdiqlanganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
✅Ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi ushbu Nizom aosida amalga oshiriladi.