Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida boʻladi

 

Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ–729-son, 18.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

 Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini oʻrganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida boʻladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.