Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etildi

 

“Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-18-son, 18.11.2021-y.) qabul qilindi.

  Qaror bilan Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” tashkil etildi.

  Telekanal Toshkent viloyatida islohotlarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadi jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi.

  MTRK va “Nurafshon TV”ni texnologik jihozlash uchun olib kiriladigan multimedia, radiotelevizion uskunalar, materiallar, dasturiy taʼminot va ehtiyot qismlar 2024-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilindi.

  “Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega boʻlgan kanal sifatida faoliyat koʻrsatadi.

  “Oʻzbekiston” teleradiokanalida “Qishloq xoʻjaligi” tahririyati tashkil etiladi.