Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

 

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021-y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

  Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

  Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

  Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

  86-100% uchun – 5 baho;

 71-85% – 4 baho;

 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

 Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.