Янгиликлар
Soʻragan_edingiz
ISH STAJIGA EGA BOʻLMAGAN SHAXSLAR VA MEHNATGA LAYOQATSIZ FUQAROLARGA BERILADIGAN NAFAQALAR?
Adliyaga savol:
Assalomu alaykum xurmatli adliya boshkarmasidagilar.
Meni yoshim 54 da. Men Xufar kishlogiga kelin bulib tushganman. 5 bola bilan 36 yoshimda beva kolganman. Sharoitim ogir pensiya manga juda zaril pensiyaga chikishim kerak lekin ish stajim yuk. Kanday kilib chiksam buladi sogligim yuk ishlolmayapman sharoitim juda ogir iltimos yordam beringlar maslixatizga muxtojman. ?
JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro.
Ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga, yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida NIZOM (https://lex.uz/docs/1765049#4294126)ga asosan amalga oshiriladi.
Ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga quyidagi nafaqalardan biri toʻlanishi mumkin:
yoshga doir nafaqa;
nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslardan tashqari);
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi.
Bunda turli nafaqalarni olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ushbu nafaqalarning faqat bittasi toʻlanadi.
Yoshga doir nafaqa ish staji boʻlmagan yoki pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa:
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida;
bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga – 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa shaxsga uning mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.
Nafaqa yoshga doir nafaqa soʻrab murojaat etgan shaxsni taʼminlashga majbur boʻlgan mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlarining yoki qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin. Moddiy nochorlikni aniqlash uchun Pensiya jamgʻarmasi va mahalla yigʻini tekishirish oʻtkazadi.
Nafaqa tayinlash uchun yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
ariza;
yoshni tasdiqlaydigan hujjat;
mahalla tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
mehnat daftarchasi (boʻlsa).
Ariza 10 kunda koʻrib chiqilib, nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish haqida qaror qabul qilinishi lozim.
Yuqoridagilarga asosan yoshga doir nafaqa olish masalasida 60 yoshga yetganigizda arizani zarur hujjatlar bilan birga bevosita yashash manzilingizdagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.
Javob berdi: H. Ravshanov