Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

So'ragan Edingiz


Davlat muklarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi 102- son qarori asosida tasdiqlangan nizomga koʻra bularning toifasiga Moddiy madaniy meros obyektlari ham kiradimi?

 

Adliyaga savol:

Asalomu Allaykum Vazirlar Maxkamasining davlat muklarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi 102- son qarori asosida tasdiqlangan nizomga koʻra bularning toifasiga Moddiy madaniy meros abyektlari ham kiradimi?

2 -Savolim Hurmatliy Prezidentimizning Adliya oʻrganlarining Faoliyatini tubdan takomilashtirish va qonunun ijodkorligidagi roʻlini oshirishga qaratilgan chora tadbirar va qabul qilingan prezident xujatida va Narmativ huquqiy xujatlar toʻgʻrisidagi qonunda ham belgilanganki Mahaliy davlat Hokimtati oʻrganlarining qarorlarini narmativ huquqiy hujat loyixalarini Huquqiy ekspertizasini Adliya oʻrganlari tomonidan amalga oshiradi hoʻsh agar Adliya oʻrganlari bu narmativ huquqiy hujat loyixasiga ijobiy hulosa bermasachi farqi yoʻqmi umuman olganda Adliya oʻrganlari xulosasisiz Hokimlar Narmativ huquqiy hujat qabul qilishga xaqliymi?

 

JAVOB: Assalomu alaykum hurmatli fuqaro.

 

1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi (https://lex.uz/ru/docs/-1465016) Nizomning 1-bandiga asosan nizomning amal qilishi moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.

 

Ikkinchi savolingiz yuzasidan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (https://lex.uz/docs/-5378966)”gi qonunning 27-moddasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2420, 01.02.2013-y.) “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning 32-bandiga koʻra, huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi. Yoʻriqnomaning 82-bandiga muvofiq, agar taqdim etilgan loyiha huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bermasa, loyihaning qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tuziladi. Xulosaning bir nusxasi kuzatuv xati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.

 

Javob berdi: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi  J.Aliyev