Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdan yangiliklar


Yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi

 Hukumat qarori (705-son, 22.11.2021-y.) bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.

  Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi.

  Bitiruvchilar yoʻllanma olish uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.

  Arizalar 20-iyundan 30-iyunganacha quyidagi asosiy talablar boʻyicha koʻrib chiqiladi:

--  har bir fan boʻyicha reytingi 71 va undan yuqori boʻlishi (sirtqi yoki masofaviy taʼlimda oʻqiganlar uchun 85 va undan yuqori);

--  chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;

--  maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlishi;

--  ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;

 

 Yoʻllanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi.

 Yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgustda oʻtkaziladi.

 Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.

 Suhbat natijalari 30-avgustgacha abituriyentni oʻqishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.