Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdan yangiliklar


Hukumat qarori (708-son, 22.11.2021-y.) bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

 Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.

 

 Bazaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

 odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar;

 odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga koʻrsatilgan yordam natijalari;

 jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.

 

 Maʼlumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi.

 

 Soʻrovnoma tushganidan soʻng uning natijasi boʻyicha besh kunda javob yuboriladi.