Янгиликлар
So'ragan edingiz
ALIMENT QARZINI TOʻLASHDAN OZOD QILISH
Adliyaga savol:
Assalomu alaykum, men ayolim bilan ajrashganman 2 nafar bolaga aliment toʻlayman. Hozirda boshqa oila qurib yashayapman. Bir nafar farzandim bor. Oʻzim moshina ustasiman. Ish doim boʻlavermaydi. Oxirgi 6 oyda meni jigarim ogʻrib kasal boʻldim. Ishga ham chiqa olmadim. Alimentdan qarzdor boʻlib qoldim. Meni ahvolimni hisobga olib alimentdan boʻlgan qarzimni bekor qilsa boʻladimi?
JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 141-moddasiga (https://lex.uz/docs/104720#:~:text=141-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%90%D0%BB%D0%B8%D0%BC%D0...) asosan taraflar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini toʻlashdan ozod qilish yoki uni kamaytirishga taraflarning oʻzaro roziligi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlanadigan hollar bundan mustasno.
Agar sud aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra aliment toʻlamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yigʻilgan aliment qarzni toʻlashga imkon bermaydi deb topsa, aliment toʻlovchining daʼvosiga binoan uni aliment qarzlarini toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod etishga haqlidir.
Javob berdi: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi H.Ravshanov