Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qonunchilikdan yangiliklar


Dehkonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga beriladi

 

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon hoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 23.11.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025-yillarda zaxiraga qaytariladi.

 Zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

 Ijaraga berishda dehchonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.

 100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.

 Kreditlar dehqon va fermerlarga:

 100 mln soʻmgacha 14% stavkada;

 kichik intensiv bogʻ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.

Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.