Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qonunchilikdan yangiliklar


Hukumat qarori (707-son, 22.11.2021-y.) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

Ilgari 1-3 nafar edi.

 Nizomga muvofiq, YATT bank hisobvaragʻi ochganidan soʻng xodim yollash huquqiga ega boʻladi.

 YATT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.

 YATT xodimini soliqda hisobga qoʻyish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi.

 Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qoʻyilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YATTlar xodim uchun daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlaydi.

YATT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay toʻxtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi toʻxtatiladi.