Янгиликлар
So'ragan edingiz
Assalom-alekum. Men Universitet filialida metodist boʻlib ishlayman 1 stavkaga. Xuddi shu joyga magistraturaga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindim. Oʻqish davomida ham 1stavka ishda ishlashim mumkinmi? Menga mumkin emas 0,5ga tushiramiz deyishyapti. Hozir homiladorman. 1,5 yoshli qizim ham bor. Shu masalada yordam bering iltimos 1stavkada ishlashim huquqiy tomondan toʻgʻri boʻladimi?
Javob
Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin. Toʻliqsiz ish vaqti deganda siz nazarda tutayotgan “yarim stavka”, “0,75 stavka” yoki “0,25 stavka” ish vaqtlari tushuniladi.
Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Bu toʻliq stavkada ishlaydigan xodimning ish vaqt sanaladi.
Agar sizning magistraturadagi oʻqishingiz vaqti ish vaqtingiz bilan toʻgʻri kelib qolsa siz toʻliq stavkada ishlayolmaysiz. Sababi bir vaqtning oʻzida siz ham oʻqishda ham ishda boʻlaolmaysiz. Masalan magisraturadagi darslar ertalab boshlanib tush vaqtida tugasa yoki tush vaqtida boshlanib kechgi vaqtda tugasa.
Agar sizning oʻqishingiz ish vaqtingiz tugaganidan keyin boshlansa, toʻliq stavkada ishlashingiz mumkin. Masalan siz soat 17 00 da ishdan chiqasiz, magistraturadagi oʻqishingiz esa 17 00 dan keyin boshlanadi.
Manba: Mehnat huquqi telegram kanali