Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qonunchilikdan yangiliklar


Muzeylar daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin

 

“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun (OʻRQ–732-son, 26.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

 

 Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, muzeylar taʼsis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerak.

 

  Davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablagʻlar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos boʻlmaydi.

 

 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.