Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qonunchilikdan yangiliklar


Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati takomillashtiriladi

 

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 27.11.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Qarorga koʻra, 2021-yil 1-dekabrdan:

 

 shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib koʻchma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda hamda sirtdan koʻrikdan oʻtkazish orqali tashkil etiladi;

 

 nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar roʻyxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;

 

 tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarda nogironligi boʻlgan shaxslarning ishlashi mumkin boʻlgan kasblar boʻyicha tavsiyalar beriladi.

 

 2022-yil 1-avgustdan Toshkent shahrida, 2023-yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etiladi.

 

Qarorga koʻra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni belgilash boʻyicha yuklatilgan qoʻshimcha funksiyalar bekor qilindi.