Янгиликлар
2021_yil_1_dekabrdan
Qonunchilikka (https://t.me/huquqiyaxborot/10082) koʻra:
chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ERI kaliti sertifikatlarini Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;
Oʻzbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida hamda DXMda amalga oshiriladi;
litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun milliy valyutada belgilangan toʻlovlar BHMning 10 foizigacha miqdorda belgilanadi (qonunchilik hujjatlarida toʻlovlar belgilanmagan yoki BHMning 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno).