Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
Yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari foydalanishga berilmaydi
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonun (OʻRQ–733-son, 30.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, suv isteʼmolchilari uyushmalari oʻz aʼzolarining yillik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Uyushmalar suvdan foydalanish qoidalari buzilganida, limitdan koʻp suv olinganida, toʻlovlar vaqtida toʻlanmaganida isteʼmolchilarga suv yetkazishni toʻxtatishga haqli.
Suv omborlari, sel-suv omborlari, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari foydalanishga berilmasligi belgilandi.
ilgari ushbu tartiblar qonunda nazarda tutilmagan.