Янгиликлар
Qonunchilikdan Yangiliklar
Yoʻl harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi
Prezident Farmoni (PF–27-son, 29.11.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi
onsepsiyaga koʻra, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
2022–2023-yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy boʻlinmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat oʻtash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.
2022-yil 1-martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati boʻlinmalari tashkil etiladi.
2022-yil 1-maygacha ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etiladi.
2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025-yil 1-sentyabrdan qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega xodimlar tayinlanadi.
Farmon bilan shuningdek, 2022–2025-yillarda Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaga koʻra, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
yoʻl harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
“Jinoyat oʻchoqlari” boʻlgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.