Янгиликлар
02
Adliyav xabari
Umummilliy Konstitutsiya imtihonining 1-bosqichi yakunlandi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilmoqda.
Imtihonning 1-bosqichi yakunlandi. Unda jami 50 ming nafardan ortiq ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi (shundan 53 foizi – erkaklar, 47 foizi – ayollar).
Ishtirokchilarning 61 foizini yoshlar tashkil etdi. Buxoro viloyati Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 71 yoshli Muhiddin ota Hamrayev eng yoshi katta faol ishtirokchi boʻldi.
Shuningdek, Imtihon ishtirokchilarining 31 foizini – oʻqituvchi va murabbiylar, 27 foizini – maktab oʻquvchilari, 12 foizini – talabalar tashkil etdi.
Respublika boʻyicha barcha ishtirokchilarning oʻrtacha koʻrsatkichi 11 tani tashkil etdi (20 ta savoldan).
Eng koʻp ishtirokchi Qoraqalpogʻiston Respublikasidan ishtirok etgan boʻlsa, eng yaxshi oʻrtaja natijani Fargʻona viloyati qayd etdi.
Test natijalariga koʻra, eng koʻp hamda eng tez bajargan hamda 1 ta ijodiy savolga javob bergan 50 nafar ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlandi.
Roʻyxat bilan tanishing: 8-dekabr.adliya.uz/page/results
Imtihon shartlariga koʻra, ushbu ishtirokchilarning ijodiy savolga javoblari baholanib, shundan 10 nafari final bosqichiga yoʻl oladi.
Final bosqichi boʻyicha ishtirokchilar roʻyxati, oʻtkazilish joyi hamda vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.