Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Bilasizmi


IIV xodimlari tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash tartibi

 

    “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga (https://lex.uz/docs/3027843) muvofiq, ichki ishlar organi xodimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish, saqlash, ularni qoʻllash va jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

 

    Qonunning 23-moddasiga asosan ichki ishlar organi xodimi tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash asoslari quyidagilar hisoblanadi:

 

  fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish;

  jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyish;

  ichki ishlar organi xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyish;

  jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlash;

  qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlash;

  ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish;

  zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilish;

  fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qoʻyish;

  haydovchisi ichki ishlar organi xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻxtatish;

  jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlash;

  muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyish.

 

  Mazkur moddaning ikkinchi qismiga asosan 1–5, 7, 8 va 11-asoslarda koʻrsatib oʻtilgan hollar vujudga kelganda ichki ishlar organlari xodimlari rezina tayoqlardan 8 va 9-asoslarda koʻrsatib oʻtilgan hollarda esa transport vositalarini majburiy toʻxtatish vositalaridan foydalanishi mumkin.

 

----- Qoʻshimcha tarzda taʼkidlash mumkinki, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasida (https://lex.uz/docs/3027843#:~:text=21-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%96%D0%B8%D1%81%D0%BC%D0...) agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.

 

 Yuridik va jismoniy shaxslar faqatgina qonunchilik hujjatlariga rioya etgan holda ish koʻrishi lozim.