Янгиликлар
04
Adliya xabari
Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi
--- Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilmoqda (https://t.me/huquqiyaxborot/10651).
--- Test savollariga eng tez va eng koʻp toʻgʻri javob bergan 50 nafar ishtirokchining ijodiy savolga javoblari hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, shundan 10 nafari final bosqichiga yoʻl oldi.
--- Roʻyxat bilan tanishing: 8-dekabr.adliya.uz/page/results
--- Final bosqichi ertaga – 4-dekabr kuni soat 11:00 da videokonfrensaloqa shaklida boʻlib oʻtadi.
---Mazkur bosqichda ishtirokchilar bevosita oʻzlari yashab turgan hududdagi adliya boshqarmasi binosida, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ishtirokchilar esa Adliya vazirligi binosida qatnashadi.
*** Imtihon jarayonlarini (https://www.youtube.com/adliya) havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.