Янгиликлар
Qonunchilikdan yangiliklar
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–31-son, 03.12.2021-y.) qabul qilindi.
--- Qarorga muvofiq, 2022-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash boʻyicha jami 2 trln 159 mlrd 146 mln soʻm subsidiya ajratiladi.
--- Shunga koʻra, quyidagilar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida beriladi:
● oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar;
● Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan taʼminlash uchun ajratiladigan subsidiyalar.
--- Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori quyidagicha belgilanadi:
* xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari (4 mln 932 ming soʻm) miqdorida;
* xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – MHEKMning 6,5 baravari (5 mln 343 ming soʻm) miqdorida;
* xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – MHEKning 7 baravari (5 mln 754 ming soʻm) miqdorida.
---- Boshqa hududdan kelib ishlayotganlarning turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.
--- Yil yakuni boʻyicha yuqori natijaga erishganlarga ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun uy-joyning 50 foizigacha subsidiya beriladi.
--- 2022/2023 oʻquv yilidan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilari davlat OTMning iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi.