Янгиликлар
Konstitutsiya kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga (http://www.lex.uz/docs/20596) hozirgi kunga qadar 16-marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:
1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan soʻzlar “deputatlardan” degan soʻz bilan almashtirildi;
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;
2007-yil 11-apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;
2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;2011-yil 18-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;
2014-yil 16-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
2017-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;
2018-yil 15-oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan soʻzlar “raisni (oqsoqolni)” degan soʻzlar bilan almashtirilgan;
2019-yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga oʻzgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;
2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;
2019-yil 4-sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi;
2021-yil 8-fevralda qabul qilingan Qonunlar bilan 117-moddaga saylovlarni oktyabr oyida oʻtkazishga oid, shuningdek, 7, 33, 85, 86, 93, 98, 100-moddalarga qonunchilik hujjatlari tushunchasi bilan bogʻliq, 107-moddaga sud tizimi islohotlari bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgan.