Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilikdan yangiliklar


Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi

 

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–32-son, 09.12.2021-y.) qabul qilindi

 

 Farmonga koʻra, tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda jami 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi.

 Mazkur massivlarda 619 ta uy-joy (21 ming 312 xonadon), 18 ta maktab, 24 ta bogʻcha, 15 ta tibbiyot muassasasi barpo etiladi.

  Bunda:

● koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida sotiladi;

● uy-joylarga tutash yer uchastkalari mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;

● massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi;

● elektron onlayn-auksionda gʻolib deb topilgan tadbirkorlar koʻp qavatli uy-joylar qurilishi uchun “SSS” va undan yuqori reytingga ega qurilish tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.

 

 Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.

 

 2023-yil 1-yanvargacha toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining 5 baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtiriladi.

 

 Farmonga koʻra, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurish davom ettiriladi.