Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdagi yangiliklar


Hukumat qarori (757-son, 16.12.2021-y.) bilan Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari va qorovullik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

Nizomga koʻra, harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari va qorovullik boʻlinmalari toifalangan obyektlarni, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaxslarning obyektlarini, ularning mol-mulkini qoʻriqlash uchun tashkil etiladi.

 Ular tomonidan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

 

 harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari tomonidan:

 

● obyekt yoki uning bir qismini qoʻzgʻalmas post orqali qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlash;

● piyoda yoki transport vositasida, shuningdek, boshqa vositalarda muayyan hududdagi obyektlarni yoki ularning hududlarini yoʻnalish boʻylab qoʻriqlash;

 

 qorovullik boʻlinmalari tomonidan – qoʻzgʻalmas post orqali obyekt yoki uning bir qismini qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlash.

 

 Harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari va qorovullik boʻlinmalariga ishga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida, belgilangan talablarga javob beradigan 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan (qorovullik boʻlinmalariga nomzodlar bundan mustasno) Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

 

 Fuqarolar kamida umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlishi lozim.

 

 Erkak nomzodlar Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi kerak.

 

 Mazkur boʻlinmalar boshliqlar tarkibiga Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilib, nafaqaga boʻshagan nomzodlar suhbat asosida, jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatiga koʻra ishga qabul qilinishi mumkin.

 

 Nizomga koʻra, harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari va qorovullik boʻlinmalari shaxsiy tarkibi bilan maxsus dasturlar asosida quyidagi tartibda xizmat va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkaziladi:

 

● harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalarida – oyiga 8 soat (oʻquv yilida 80 soat);

● qorovullik boʻlinmalarida – oyiga 4 soat (oʻquv yilida 40 soat).