Янгиликлар
Qonunchilikdagi yangiliklar
Hukumat qarori (756-son, 16.12.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
homiylik xayriyalari;
Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablagʻlari;
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablagʻlar quyidagilar uchun sarflanadi:
▪️ ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
▪️ ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
▪️ ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar tashkil qilish;
▪️ kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar oʻtkazish;
▪️ multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish.