Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Qonunchilikdagi yangiliklar


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–55-son, 20.12.2021-y.) qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
 maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi;
 imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

➖ aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖ chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖ bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

➖ “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha ajratiladi;

 kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi;
chorvachilik uchun kreditlar kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
“yetakchi” tadbirkorlarga dehqon xoʻjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar ajratiladi.

 2022-yil 1-martdan kreditlar toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.