Янгиликлар
21
Bilasizmi
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda (https://lex.uz/docs/97664) haqorat qilgan shaxsga nisbatan 4 460 000 soʻmdan 8 920 000 soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinoyat kodeksiga (https://lex.uz/docs/111453) asosan haqorat qilgan shaxsga:
44 mln 600 ming soʻmgacha miqdorda jarima;
240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.
Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor:
44 mln 600 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha jarima;
240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Agarda haqorat qilish:
• jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;
• xavfli retsidivist tomonidan;
• tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa:
89 mln 200 ming soʻmdan 133 mln 800 ming soʻmgacha miqdorda jarima;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yilgacha ozodlikni cheklash;
1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.