Янгиликлар
Bilasizmi
Nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazolarni qoʻllashdagi cheklovlar
Majburiy jamoat ishlari I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi (https://lex.uz/ru/docs/111453#3165786).
Shartli hukm (https://lex.uz/docs/111453#195170) oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, 18 yoshga toʻlmagan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar, shuningdek 60 yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
------------------------------
Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi (https://lex.uz/docs/163629#170159).
Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatga oʻz xohishlariga koʻra jalb etiladilar (https://lex.uz/docs/163629#170252).